Главная » Тексты песни » Abror Azizov - Dunyo

Abror Azizov

Dunyo



Kengga kengdir dunyo, torlarga tordir Ko‘ngli keng odamga toleyi yordir Ignadek jussamni viqorday ko‘rib Og‘ir yuklarini ortganlar bordir Ey do‘stim aziz deb yonimga shoshib Mehrin daryo qilib, sohildan toshib Bo‘ynimda ilonday goho chirmashib So‘ng zumda yoqamdan tutganlar bordir Bo‘ynimda ilonday goho chirmashib Bir zumda yoqamdan tutganlar bordir Yurakda sirlarim sug‘urib qilday O‘z dardin yelkamga bostirib zilday (2x) Ishi bitgach qochib begona dilday Sirlarim o‘zgaga sotganlar bordir (2x) Qayg‘u ekan bilsam goh kulganlarim Bilganimday emas goh bilganlarim Yovday bo‘lib chiqar goh suyganlarim Tinmay olovlarga turtganlar bordir Bo‘zlar achchiq qismat sabog‘in oldim Azaldan xayot shu deb qo‘yaqoldim Men qasdni bilmayman, xudoga soldim Qalbi qora toshday qotganlar bordir Behayo dilda ishq tugunlarni yech Men bu taqdirimdan nolimayman hech Goh intizor bo‘lib ertami yo kech Shukur, meni sizday kutganlar bordir (2x) Shukur, meni sizday kutganlar bordir


Другие тексты песен автора