Главная » Тексты песни » Abror Azizov - Do‘st

Abror Azizov

Do‘st



Qo‘lingdan ketsa davlat Do‘stlar ham ketar ekan (2x) Qolsa gar quruq savlat Oqibat bitar ekan (2x) Boylikmi inson qadri? Yo‘qolgan vijdon qadri Tegsa yo‘qchilik zarbi Boshing ham qotar ekan (2x) Qo‘lingdan ketsa davlat Do‘stlar ham ketar ekan Qolsa gar quruq savlat Oqibat bitar ekan Bir paytlar yo‘ling qarar Sen uchun sochin tarar (2x) Yoring ham bu muqarrar Mehrin berkitar ekan (2x) Qo‘lingdan ketsa davlat Do‘stlar ham ketar ekan Qolsa gar quruq savlat Oqibat bitar ekan Puling bo‘lsa agar kam Noshud dilni ezar g‘am Xatto jigarlaring ham Tanimay o‘tar ekan Ojiz qolsang holing tang Qalbing kemirsa attang Faqat bir ota-onang Kelishing kutar ekan (2x) Goho chin do‘stman degan Dushmandan battar ekan Do‘stlar topma, chin do‘st top Bitta do‘st yetar ekan (2x) Noshukurlik qilmayin Shukur, uy-joyim tayin Boy emasman netayin? Yuz-ko‘zim sotar ekan Qo‘lingdan ketsa davlat Do‘stlar ham ketar ekan Qolsa gar quruq savlat Oqibat bitar ekan (2x) Oqibat bitar ekan Qo‘lingdan ketsa davlat


Другие тексты песен автора