Главная » Тексты песни » Abror Azizov - Ko‘rdim men

Abror Azizov

Ko‘rdim men



Bu besh kunlik xayotda Ikki ko‘zim xayratda Uyalmasdan uyatda Qolganlarni ko‘rdim men Yengilib ba’zan yovsiz Qolib birov qarovsiz Xatto cho‘g‘siz, olovsiz Yonganlarni ko‘rdim men (2x) Noxaqlarning yonini Bechoraning molini Jon deb turib, jonini Olganlarni ko‘rdim men Amal qilmay diniga Bir martamas kuniga Shaytonlarni diliga Solganlarni ko‘rdim men Bu besh kunlik xayotda Ikki ko‘zim xayratda Uyalmasdan uyatda Qolganlarni ko‘rdim men Yengilib ba’zan yovsiz Qolib birov qarovsiz Xatto cho‘g‘siz, olovsiz Yonganlarni ko‘rdim men Begona bilan yotgan Balchiqqa beldan botgan Xatto badanin sotgan Arzonlarni ko‘rdim men O‘zga yurtlarda yurgan Qaytib kelolmay turgan Peshonasiga urgan Sarsonlarni ko‘rdim men Bu besh kunlik xayotda Ikki ko‘zim xayratda Uyalmasdan uyatda Qolganlarni ko‘rdim men Yengilib ba’zan yovsiz Qolib birov qarovsiz Xatto cho‘g‘siz, olovsiz Yonganlarni ko‘rdim men Har kuni ichib yurgan Ichib, otasin urgan Ikki oyoqda yurgan Hayvonlarni ko‘rdim men Haqiqat so‘z aytganda Qilganida attang-da Bolasidan qaytganda Vayronlarni ko‘rdim men Bu besh kunlik xayotda Ikki ko‘zim xayratda Uyalmasdan uyatda Qolganlarni ko‘rdim men Yengilib ba’zan yovsiz Qolib birov qarovsiz Xatto cho‘g‘siz, olovsiz Yonganlarni ko‘rdim men (2x)


Другие тексты песен автора