Главная » Тексты песни » Ahmadali Bahromov - To‘yingga borsammikin

Ahmadali Bahromov

To‘yingga borsammikin



Baxtlar tilab g‘am quchgani Muhabbatga dor tikkani Alamimdan may ichgani To‘yingga borsammikin? (2x) Meni ko‘rib g‘am cheksang Og‘rimasmi ko‘ngilchang? Yo‘qlab o‘shal tor ko‘chang To‘yingga borsammikin? Yor-yorlar ovozidan Telbaman dard parvozidan ey Ezilsa ham mayli navosidan To‘yingga borsammikin? To‘yingga borsammikin? Yig‘lar oshiq jon-u tanim Oshkor etib sog‘inganim Ko‘rmoq uchun ayrilganim To‘yingga borsammikin? Sukut saqlab qolsa alyor Nasib etsa so‘nggi diydor O‘zim aytib senga yor-yor To‘yingga borsammikin? Meni ko‘rib g‘am cheksang Og‘rimasmi ko‘ngilchang? Yo‘qlab o‘shal tor ko‘chang To‘yingga borsammikin? Yor-yorlar ovozidan Telbaman dard parvozidan ey Ezilsa ham mayli navosidan To‘yingga borsammikin? To‘yingga borsammikin? Kuylab dardim yorsammikin? Firoqni tan olsammikin? Baxtlimikan deya dildor To‘yingga borsammikin? Oq libosda tursang biroq Hijroningda cheksam firoq Yuragimda bitta so‘roq To‘yingga borsammikin? Meni ko‘rib g‘am cheksang Og‘rimasmi ko‘ngilchang? Yo‘qlab o‘shal tor ko‘chang To‘yingga borsammikin? Yor-yorlar ovozidan Telbaman dard parvozidan ey Ezilsa ham mayli navosidan To‘yingga borsammikin? To‘yingga borsammikin? Hay-hay o‘lan, jon o‘lan O‘lanchi qiz yor-yor Va'dasida turmagan Yolg‘onchi qiz yor-yor (2x)


Другие тексты песен автора