Главная » Тексты песни » Afruza - Akajon

Afruza

Akajon



Surnay unda yig‘layapti men bunda zor yig‘ladim O‘lan aytkan o‘lanchlar desa yor-yor yig‘ladim Ota uyga sizni tashlab ketayapman akajon Endi boshqadir makonim, ketmoqdaman akajon Akajon akajonim rozi bo‘ling singlingizdan Ota uydan ketmoqdaman zor yig‘lab Akajon akajonim rozi bo‘ling singlingizdan O‘zga uyga ketmoqdaman akajon Meni guldek asradingiz yomg‘irlardan, shamoldan Yoningizda qo‘rqmay yurdim har yaxshi har yomondan Bolaligimdan yodgorim so‘rab turing hol ahvolim Endi boshqadir makonim ketmoqdaman akajon Akajon akajonim rozi bo‘ling singlingizdan Ota uydan ketmoqdaman zor yig‘lab Akajon akajonim rozi bo‘ling singlingizdan O‘zga uyga ketmoqdaman akajon Oy botadi, tong otadi yillar yilga qo‘shilgay Umr uzun yoki qisqa yo‘llar yo‘lga qo‘shilgay Akasi bor qizlar ayting qayda qaddi egilgay Bir begona qo‘lni bugun tutmoqdaman akajon Duo qiling lek yig‘lamang ketmoqdaman akajon Akajon akajonim rozi bo‘ling singlingizdan Ota uydan ketmoqdaman zor yig‘lab Akajon akajonim rozi bo‘ling singlingizdan O‘zga uyga ketmoqdaman akajon Duo qiling lek yig‘lamang akajon


Другие тексты песен автора