Главная » Тексты песни » Shoxruxbek Ergashev - Charchadim Ona

Shoxruxbek Ergashev

Charchadim Ona



Zafarlar cho‘qqisin etganda makon Atforimga to‘ldi-ku do‘st-u qadrdon Quvonchim hammaga, qayg‘uyim pinhon Soxta tuyg‘ulardan charchadim Ona Cho‘ntakda ko‘paysa rangli qog‘ozlar Burgutdek viqorla etdim parvozlar Bir so‘zimga mushtoq bo‘ldi tannozlar Makkor ohulardan charchadim Ona (2x) Men ovi baroridan kelgan bir bo‘ri Biz uchun ataldi davralar to‘ri Kimlarga baxsh etdim qalbimning qo‘rin Ojiz yog‘dulardan charchadim Ona (2x) Angladim so‘zlarin ma'nosi foyda Foydalar yo‘lida aldandim rosa Ko‘rgan-kechirganlarim bo‘ldi xulosa Alam og‘ulardan charchadim Ona Men hayotga bag‘rim ochgandim, biroq Shodlik tez tugarkan, musibat ko‘proq Tuproqdan yaraldik, bo‘larmiz tuproq Afsus, qayg‘ulardan charchadim Ona Cho‘ntakda ko‘paysa rangli qog‘ozlar Burgutdek viqorla etdim parvozlar Bir so‘zimga mushtoq bo‘ldi tannozlar Makkor ohulardan charchadim Ona Men ovi baroridan kelgan bir bo‘ri Biz uchun ataldi davralar to‘ri Kimlarga baxsh etdim qalbimning qo‘rin Ojiz yog‘dulardan charchadim Ona (2x)


Другие тексты песен автора