Главная » Тексты песни » Otabek Muhammadzohid - Sendaqasi yo‘q

Otabek Muhammadzohid

Sendaqasi yo‘q



Sendaqasi yo‘q bu olamda Muhabbating har bir nolamda Hatto rohat, dard-u alamda Sevmasang ham sevgan bo‘lardim Eng chiroyli gulsan chamanda Go‘zallikning hammasi sanda Ex bo‘lsaydi iqtidor manda Suratingni chizgan bo‘lardim Yana qayta kelsam dunyoga Yana seni degan bo‘lardim Oramizda kechar savdoga Yana borim tikgan bo‘lardim (2x) Huzuringda aylasang mehmon Etar edim ishqim namoyon Mazza qilib bir oromijon Bog‘laringda kezgan bo‘lardim Yoding bilan yashayman hamon Ishon seni sevaman yomon Ko‘nglimdagi umidsan chunon Sen bo‘lmasang nima qilardim? Yana qayta kelsam dunyoga Yana seni degan bo‘lardim Oramizda kechar savdoga Yana borim tikgan bo‘lardim (2x) Yoding bilan yashayman hamon Ishon seni sevaman yomon Ko‘nglimdagi umidsan mudom Sen bo‘lmasang nima qilardim? Yana qayta kelsam dunyoga Yana seni degan bo‘lardim Oramizda kechar savdoga Yana borim tikgan bo‘lardim Sendaqasi yo‘q bu olamda


Другие тексты песен автора