Главная » Тексты песни » Guli Asalxo'jayeva - Toy bolam

Guli Asalxo'jayeva

Toy bolam



Oftob nur suzib berdi Bahor gul uzib berdi Suyinchi beray keling Bugun o‘g‘lim o‘g‘illik bo‘ldi Toychoq bolam, toy bolam Polvon bolam, boy bolam Tandirdagi shirin kulchadek Issiqqina yoqimtoy bolam Ollohimdan so‘rganim-a Intizor bo‘lganim-a Xush kelibsan o‘zimni toy bolam O‘pay shirin yuzlaringdan Tutay mitti qo‘llaringdan Xush kelibsan erkatoyim bolam (2x) Bo‘y qo‘shilib bo‘yiga bug‘doy to‘lsin uyiga Shukur yetkazdi bizni yana beshik to‘yiga Buvisining qaymog‘i, bobosining do‘mbog‘i Xush kelibsan uyimizning chirog‘i Bo‘y qo‘shilib bo‘yiga bug‘doy to‘lsin uyiga Shukur yetkazdi bizni yana beshik to‘yiga Buvisining qaymog‘i, bobosining do‘mbog‘i Xush kelibsan xush ko‘rdik uyimizning chirog‘i Hech bir ne'mat bosolmas Shirin farzand o‘rnini Dunyodagi har bir qiz Ona bo‘lsin bir kjni Ollohimdan so‘rganim-a Intizor bo‘lganim-a Xush kelibsan o‘zimni toy bolam O‘pay shirin yuzlaringdan Tutay mitti qo‘llaringdan Xush kelibsan erkatoyim bolam (2x)


Другие тексты песен автора