Главная » Тексты песни » Mustafo Qambaraliyev - Yigit

Mustafo Qambaraliyev

Yigit



Gohida topolmay qolasan uying Qolmaganday go‘yoki ishongan kishing Kundan kun ko‘payib borsa tashvishkng So‘ragin Xudodan omading Sabr turarkan har darvoza boshida Shayton ham bo‘larkan sherni qoshida Egmasin boshini yigit yozhida So‘ragin Xudodan omading Yigitdan Xudoning o‘zi qaytmasin So‘ragin har doim o‘zi qo‘llasin Buni hayot derlar har xil sinovlar bor Yigitdan Xudoning o‘zi qaytmasin (2x) Kuning o‘tar yarmi tun, yarmi yog‘du Bir kunida shod yurasan, bir kuni qayg‘u To‘lmas ekan bu dunyoning o‘sha bir kami G‘amlar berib siylar ekan suygan bandani Eshigi ochiq turarmish egilgan boshga Bandasi minnat qilarkan yedirgan oshga Hech qachon ishing tushmasin nomard-u pastga So‘ragin Xudodan omading Yigitdan Xudoning o‘zi qaytmasin So‘ragin har doim o‘zi qo‘llasin Buni hayot derlar har xil sinovlar bor Yigitdan Xudoning o‘zi qaytmasin (2x)


Другие тексты песен автора