Главная » Тексты песни » Umarbek Qodirov - Ey do‘st

Umarbek Qodirov

Ey do‘st



Muhabbat har dilga kelguvchi mehmon Mezboniga qarab beradi imkon Biz ham topshirganmiz ishqdan imtihon Omadimiz kelmay yiqilganmiz do‘st Osmonga sig‘magan yulduz bo‘lmaydi Toshning yuragida ildiz bo‘lmaydi Kechankng dardini kunduz bilmaydi Axir tuproqlardan yaralganmiz do‘st Ey do‘st, ey do‘st Axir tuproqlardan yaralganmiz do‘st (2x) Kimdir shoh, kimdir qul, kimlardir telba Kimdadir saroy bor, kimdadir kulba (2x) Umr ummon ersa odamlar kema Axir tuproqlardan yaralganmiz do‘st Peshonam besh qarich deydilar ba'zan Tanib ham notanish deydilar ba'zan (2x) Pul bilan to‘lab bo‘lmas hech jln qarzin Axir tuproqlardan yaralganmiz do‘st Ey do‘st, ey do‘st Axir tuproqlardan yaralganmiz do‘st (2x)


Другие тексты песен автора