Главная » Тексты песни » Qahramon Egamberdiyev - Pul o‘lsin

Qahramon Egamberdiyev

Pul o‘lsin



Sabr kosa to‘lguncha Yarimta ko‘ngil to‘lsin Pul topay deb o‘lguncha Pul o‘lsin-a pul o‘lsin Yuzin ochar insonni Har ko‘yga solar jonni Yo‘qotar bor vijdonni Pul o‘lsin-a pul o‘lsin Peshonani sho‘r qilar Bechorani zo‘r qilar Ochiq ko‘zni ko‘r qilar Pul o‘lsin-a pul o‘lsin Qahratonda qishlaymiz Tilimizni tishlaymiz Pul topay deb ishlaymiz Pul o‘lsin-a pul o‘lsin Oshiradi alamni Qiyshaytirar qadamni Qutirtirar odamni Pul o‘lsin-a pul o‘lsin Jonidan to‘ygan qancha Ishqida kuygan qancha Bir-birin so‘ygan qancha Pul o‘lsin-a pul o‘lsin Muz yuraklar tosh qotgan Sirdoshlar sirin sotgan Oqibatni yo‘qotgan Pul o‘lsin-a pul o‘lsin Dunyo aslida bozor Biz sotuvchi-haridor Har narsaning narxi bor Pul o‘lsin-a pul o‘lsin Oqizib ko‘zdan yoshni Ayirib qarindoshni Dushman qilar qondoshni Pul o‘lsin-a pul o‘lsin Ko‘zlab mansab-u taxtni Chetga surishar ahdni Pulda deyishar baxtni Pul o‘lsin-a pul o‘lsin Tanasin sotgan qancha Bolasin sotgan qancha Gunohga botgan qancha Pul o‘lsin-a pul o‘lsin Shayton qo‘lin tutdilar Xudoni unutdilar Baloga yo‘liqtirar Pul o‘lsin-a pul o‘lsin (2x) Pul o‘lsin-a pul o‘lsin


Другие тексты песен автора